BMT sudida Myanma hukumatining musulmon rohinja xalqiga genosid qilganini aniqlash bo‘yicha tinglovlar boshlandi — Associated Press.
Sud ayblovi Gambiya hukumati tashabbusi bilan 2019 yilda qo‘zg‘atilgan. Ayblovda Myanmada 2017 yilda rohinjalarga qarshi o‘tkazilgan “tozalash operasiyasi” Xalqaro Genosid konvensiyasini buzgani ta’kidlangan.
2017 yilda Myanmaning Rahayn shtatida boshlangan harbiy kampaniyada minglab rohinja o‘ldirilgan, uylari yoqilgan, bundan tashqari, 700 mingdan ortiq odam qo‘shni Bangladeshga qochishga majbur bo‘lgan.
Hozirda taxminan 1,2 million rohinja qochqinlar lagerlarida o‘ta og‘ir sharoitlarda yashamoqda, bolalar va qizlar majburiy mehnat hamda jinsiy ekspluatasiyaga duch kelmoqda.
Xalqaro sud tomonidan olib borilayotgan tergov rohinja xalqi huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar uchun “umid nuri” sifatida baholanmoqda. Agar 2017 yilgi voqealar genosid deb topilsa, bu Xalqaro jinoiy sudning Myanma harbiylari ustidan olib borayotgan tergoviga ham yordam beradi.