Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Barham Solih Ukrainaga tashrif buyurib, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda ular Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga muntazam hujumlari oqibatlari va mamlakat aholisiga zarur yordamlarni muhokama qilgan.
“Bu hujumlarni to‘xtatish uchun Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish zarur. Hozir Ukrainada bo‘lgan yoki qaytishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga esa ko‘proq yordam kerak”, — deb yozdi Ukraina prezidenti.
Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, 2025 yil oxiriga kelib, Ukrainadan kelgan 4,35 milliondan ortiq qochqinga vaqtinchalik himoya maqomi berilgan.