Falastinliklarga nisbatan Isroilning harakatlari zamonaviy tarixdagi “eng shafqatsiz genosidlardan biri”dir. Bu haqda BMTning okkupasiya qilingan falastin hududlarida inson huquqlari holati bo‘yicha maxsus ma’ruzachici Francheska Albaneze bildirdi.
Albanezening ta’kidlashicha, eksklavdagi gumanitar vaziyat haqiqiy apokalipsni eslatmoqda.
Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Albaneze o‘zining "Okkupasiya iqtisodiyotidan genosid iqtisodiyotiga" nomli hisobotini taqdim etdi. Hisobotda Isroil okkupasiyasining iqtisodiy oqibatlari atroflicha tahlil qilingan.