Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi III Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi

A A A
BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi III Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi

O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) ijrochi kotibi Tatyana Molchan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Evropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibiga respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tatyana Molchan mamlakatimizning keyingi yillarda iqtisodiy sohada erishgan yutuqlari, ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanayotganini yuqori baholadi. "Men YEI va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo, innovasiyalar, energetika, ekologiya, statistika va boshqa sohalarni rivojlantirish kabi juda yaqin hamkorlikni yuksak qadrlayman", dedi u.

EIK ijrochi kotibi Komissiya O‘zbekistonni o‘z vakolatlari doirasidagi barcha sohalarda qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi. O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha o‘zaro manfaatli ishlarning ko‘plab yo‘nalishlari, jumladan, davlat-xususiy sheriklik, barqaror qo‘shilgan qiymat zanjiri, innovasiyalar va boshqa sohalardagi ishlarning natijalari alohida ta’kidlandi.

Tatyana Molchan, shuningdek, 2024 yil 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan III Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etishini va tashrif davomida respublika vazirlik hamda idoralarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘tkazishini bildirdi.

Kiritildi: 18:06 15.04.2024. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!