Evropa Ittifoqi (EI) davlatlari va AQSh poytaxtlarida islomofobiya kuchaymoqda, shuning uchun BMTning vazifasi Islom dinining mohiyatini tushuntirishdan iborat.
Bu haqda BMT bosh kotibining sivilizasiyalar alyansi bo‘yicha oliy vakili Migel Anxel Moratinos TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Evropa Ittifoqining yirik poytaxtlarida va hatto Qo‘shma Shtatlarda islomofobiya kuchaymoqda. Nega? Chunki Islom nimaligi haqida bilim yetishmaydi. Haddan tashqari manipulyasiya, tushunmovchilik", - dedi u.
Yaqinda BMT Bosh kotibi tomonidan islomofobiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlangan Moratinosning aytishicha, uning vazifasi barcha yirik tomonlar bilan Islom nimaligini tushuntirishda ishlashdir.
"Islom nasroniylik yoki yahudiylik kabi e’tiqoddir. Bu ichki ma’naviyatga yo‘l", - deya ta’kidladi u.