Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

BMT Bosh kotibi: AQSh va Isroilning Eronga qarshi amaliyoti nazoratdan chiqib ketdi

BMT Bosh kotibi: AQSh va Isroilning Eronga qarshi amaliyoti nazoratdan chiqib ketdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSh va Isroilning Eronga qarshi amaliyoti nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyat yanada keng ko‘lamli nizoga aylanib ketish xavfini tug‘dirmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.

«Uch haftadan ko‘proq vaqt o‘tgach, urush nazoratdan chiqdi. Dunyo yanada yirik urush yoqasida turibdi», — dedi u jurnalistlarga.

Guterrish sodir bo‘layotgan voqealar allaqachon ilgari yo‘l qo‘yilgan chegaralardan chiqib ketayotganini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, nizo ortib borayotgan insoniy iztiroblar va dunyo iqtisodiyoti uchun xavf-xatarlar bilan birga davom etmoqda.

«Bu juda uzoqqa borib ketdi», — deya qo‘shimcha qildi BMT Bosh kotibi.

Kiritildi: 23:42 25.03.2026. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!