BMT Bosh Assambleyasi BMT va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (ODKB) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi.
Bu haqda KXSHT saytida ma’lum qilingan.
"Joriy yilning 18 noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida rezolyusiya qabul qilindi", — deyiladi tashkilot xabarida.