BMT Bosh Assambleyasining Falastin bo‘yicha favqulodda maxsus sessiyasi 26-oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Bu haqda tashkilot Bosh assambleyasining 78-sessiyasi raisining rasmiy vakili Monika Greli ma’lum qildi.
“BMT Bosh Assambleyasining janob prezidenti Dennis Frensis 26 oktyabr, payshanba kuni BMT Bosh Assambleyasining 10-favqulodda maxsus sessiyasining 39-yalpi majlisiga raislik qiladi”, — deyiladi xabarda.