BMT bashoratiga ko‘ra, 2025 yilda gumanitar yordamga muhtojlar soni 305 million kishiga yetadi. Bu ko‘rsatkich o‘n yil avvalgi darajadan deyarli 4 barobar yuqori: 2015 yilda yordam 77,9 million insonga zarur edi.
O‘sishning asosiy sabablari — keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvlar, shuningdek iqlim o‘zgarishi oqibatlari: ekstremal issiqlik, qurg‘oqchilik va turli tabiiy ofatlar. O‘rmon yonginlari, toshqinlar, ko‘chkilar va tayfunlar jamiyat hayotini izdan chiqarayotgani, katta moddiy talofotlarga olib kelayotgani va gumanitar inqirozlarni yanada kuchaytirmoqda.