"Seshanba kuni yevropalik rasmiylar tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainaga Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shinlarini yuborish rejasini muhokama qilishdi, shu jumladan, harbiy kontingent soni va ularni g joylashuvi haqida ham fikr almashishdi", deb xabar berdi agentlik.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vashingtondagi sammitdan so‘ng Yevropa qurolli kuchlari Ukrainadagi urush harakatlari tugagach, tinchlikparvarlik operasiyalarida ishtirok etishi kerakligini aytgan edi. Rossiya tomoni esa G‘arb qo‘shinlarini Ukraina hududida joylashtirish g‘oyasini izchil ravishda rad etib kelmoqda.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Vashington Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari doirasida havo orqali yordam ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp xavfsizlik kafolatlari "mustahkam tinchlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega" ekanini yaxshi tushunadi.
Donald Tramp AQSh qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini istisno qilgan bo‘lsa-da, Vashington hamkorlikka yordam berishi va ehtimol boshqa xavfsizlik choralarini taqdim etishi mumkin.
Bloomberg'ning qayd etishicha, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari paketi rejasi shu haftadayoq tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Yevropa rahbarlari esa Putin va Zelenskiyning ehtimoliy uchrashuvi oldidan Kiyevning pozisiyasini mustahkamlashga intilishmoqda.