Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Blinken Rossiya Kursk viloyatiga 8 ming nafar shimoliy koreyalik harbiylarni joylashtirganini ma’lum qildi

A A A
Blinken Rossiya Kursk viloyatiga 8 ming nafar shimoliy koreyalik harbiylarni joylashtirganini ma’lum qildi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Kursk viloyatiga 8 ming nafar shimoliy koreyalik harbiylarni joylashtirganini ma’lum qildi.

"Biz hozirgacha bu qo‘shinlarning Ukraina kuchlariga qarshi janglarda ishtirok etayotganini ko‘rmadik, lekin buni yaqin kunlarda amalga oshishini kutmoqdamiz", – dedi Blinken, Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Blinken, shuningdek, KXDR harbiylari o‘quv jarayonidan o‘tayotganini va ularning" frontdagi operasiyalarda foydalanilishi" kutayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Volodimir Zelenskiy o‘quv lageridagi Shimoliy Koreya qo‘shinlari sonini uch ming kishiga baholagan. Ukraina prezidenti yaqin orada ularning soni 12 mingga yetishini va yaqin kunlarda jangga kirishishini aytdi.

Kiritildi: 09:45 01.11.2024. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!