Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Biznes-ombudsman tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan 1 675 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan

A A A
Biznes-ombudsman tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan 1 675 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan

O‘tgan olti oyda Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar bilan ishlashda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 1 675 ta ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznes-ombudsman axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ma’lum qildi.

2023 yil yanvar-iyun oylarida Biznes-ombudsmanga jami 4 414 ta murojaat kelib tushgan. Xususan:

⏺soliq – 18%,

⏺er, kadastr, arxitektura – 14%,

⏺bank, moliya va kredit – 13%,

⏺infratuzilma – 8%,

⏺sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etishi – 7%ni tashkil etdi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra tadbirkorlar manfaatida sudlarga jami 24 mlrd so‘mlik 74 ta da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, buning natijasida tadbirkorlar foydasiga 12,9 mlrd so‘m undirilishi belgilangan.

O‘tgan davr mobaynida Biznes-ombudsman devoni tomonidan shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlikka oid 1 474 ta bayonnoma rasmiylashtirildi.

Kiritildi: 14:41 27.07.2023. O'qildi: 1815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!