Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil (Biznes Ombudsman) devoni tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor va xolis ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda.
Shu yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolardan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishda xaqiqatdan ham tadbirkorga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish asossiz rad etilganligi o‘z tasdig‘ini topdi va tuman kadastr filiali rahbariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, shuningdek, tadbirkorga tegishli “IMRAN ELITE GROUP” MCHJning keyingi arizasi ijobiy hal etilib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi.
Vakil devoni tadbirkorlardan kelib tushayotgan har bir murojaatni batafsil o‘rganib, tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda qonun ustuvorligini ta’minlash va adolatni qaror toptirishni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida belgilagan.