Tramp AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyasi uchun mablag‘ yanvar oxirigacha yetishini aytdi.
Donald Tramp AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyasini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘ deyarli 2027 yil yanvar oyining oxirigacha yetishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratlar harbiy xarajatlar bo‘yicha qarorlarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadigan keyingi yil yanvar oyining boshidan keyin vaziyat o‘zgarishi mumkin.
“Bizda harbiy kampaniyani moliyalashtirish uchun deyarli yanvar oxirigacha yetadigan mablag‘ bor, — dedi u New York Post nashriga bergan intervyusida.
Trampning ta’kidlashicha, Vashington hozirda Eron ustidan to‘liq g‘alaba qozonmoqda. U muxolifat partiyasi vakillari mojaroning borishini o‘zgartirishga va erishilgan natijani mag‘lubiyatga aylantirishga qodir ekanligidan xavotir bildirdi.