Zelenskiy Rossiyaning so‘nggi aviazarbalaridan so‘ng G‘arb davlatlariga Ukraina qo‘shimcha havo mudofaasi tizimlariga muhtojligini bildirdi.
"Kreml bunday keng ko‘lamli hujumlarni imkon boricha davom ettiradi. Birgina o‘tgan hafta davomida Rossiya Ukrainaga hujumlarda taxminan 114 ta raketa, 1270 ta dron va 1100 ta aviabomba qo‘lladi. Biz yanada ko‘proq havo hujumidan mudofaa tizimlariga muhtojmiz", — deb yozdi Ukraina prezidenti X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq, Ukraina Qurolli kuchlariga ko‘ra, Rossiya mamlakat hududiga kechasi va ertalab 477 ta hujumchi dron va 60 ta turli rusumdagi raketalar, jumladan “Kinjal” va “Iskander-M” raketalari bilan hujum uyushtirdi. 436 ta dron va 38 ta raketa urib tushirilgani haqida xabar bergan edik.