Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushini hisobga olib, mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Rossiya yalpi ichki mahsulotining 9 foizini harbiy ehtiyojlar uchun sarflaydi, YEI esa bor-yo‘g‘i 1,9 foizni tashkil etadi, dedi u 27 noyabr, chorshanba kuni Strasburgdagi Yevroparlament oldida so‘zlagan nutqida.
“Ushbu «tenglama»da nomuvofiqliklar bor, bizning mudofaa xarajatlarimiz oshishi kerak”, dedi u. Fon der Lyayenning fikricha, buning uchun mudofaa sanoatini kuchaytirish va Yevropa xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kerak.
Shu sababli u Litvaning sobiq bosh vaziri Andrius Kubiliusni Yevropa Ittifoqining birinchi mudofaa bo‘yicha komissari, Estoniyaning sobiq bosh vaziri Kaja Kallasni esa Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili etib tayinladi.
EI rahbarining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi vaqtni behuda sarflashga haqqi yo‘q va uning mudofaa masalalari bo‘yicha choralari tahdidlar qanchalik jiddiy bo‘lsa, shunchalik ambisiyali bo‘lishi kerak.