Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Biz qanaqa hayotda yashayapmiz? Alloh bizni olib, rohatimizni bersin"

A A A
"Biz qanaqa hayotda yashayapmiz? Alloh bizni olib, rohatimizni bersin"

Al-Jazeera: Isroilning oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i olib kirishni to‘xtatib qo‘yishi G‘azoga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zi novvoyxonalar yopilmoqda va oziq-ovqat narxlari oshmoqda.

G‘azodagi novvoylar kasaba uyushmasi rahbari Abdul-Nosir al-Ajromiyning aytishicha, qamal qilingan hududda faoliyat yuritayotgan 22 ta novvoyxonadan oltitasi allaqachon yopilgan, chunki ularda pishirish uchun gaz tugagan.

"Agar chegara punkti tovarlar oqimiga ruxsat berish uchun qayta ochilmasa, qolgan novvoyxonalar bir hafta yoki undan kamroq vaqt ichida yopilishi mumkin, chunki ularda dizel yoqilg‘isi yoki un tugaydi," - deya u Reuters agentligiga ma’lum qildi.

"22 ta novvoyxona aholining ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emas edi. Ulardan oltitasi yopilishi natijasida nonga bo‘lgan talab yanada oshadi va vaziyat og‘irlashadi," deya qo‘shimcha qildi al-Ajramiy.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg‘i narxlarining keskin oshishi ko‘pchilikni ovqatlanishni cheklashga majbur qildi.

Uyi vayron bo‘lgani sababli Xon Yunusdagi chodirda yashayotgan 40 yoshli G‘ada al-Rakab asosiy ehtiyojlarini qondirishda qiynalayotganini aytdi. Olti farzandning onasi oilasi va qo‘shnilari uchun ba’zi non mahsulotlarini pishiradi, ba’zida esa loydan yasalgan qo‘lbola tandirni arzon narxda ijaraga beradi.

"Biz qanaqa hayotda yashayapmiz? Na elektr, na suv, na hayot bor, hatto odamga o‘xshab yashamayapmiz. Hayotda yana nima qoldi? Alloh bizni olib, rohatimizni bersin," dedi al-Rakab.

Kiritildi: 21:48 10.03.2025. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!