"Eron o‘z ichki muammolarini mustaqil hal qilishi kerak. Shu bilan birga mamlakat mintaqa davlatlari bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarga ham barham berishi lozim", — dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan o‘z bayonotida.
Shuningdek u, mamlakat aholisining iqtisodiy va boshqa qiyinchiliklardan yuzaga kelgan noroziligi rejimga qarshi ideologik qo‘zg‘olon sifatida talqin qilinayotganini, agar diqqat bilan qaralsa, aslida bu yerda Eronga dushman bo‘lgan ba’zi xorijiy davlatlarning “ishtahasini qo‘zg‘atadigan vaziyat” mavjud emasligini ta’kidladi.