Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Isroil va Eron o‘rtasidagi so‘nggi mojaroda ishtirok etmayapti.
"Qo‘shma Shtatlar bugun kechasi Eronga uyushtirilgan hujumga aloqador emas", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
"Agar Eron bizga biror shaklda hujum qilsa, Qo‘shma Shtatlar unga o‘z Qurolli kuchlarining dunyo hali ko‘rmagan darajadagi to‘liq qudratini namoyon qiladi. Shunga qaramay, biz Eron va Isroil o‘rtasida osongina kelishuvga erishib, bu qonli mojaroga barham bera olamiz!!!", — deya ta’kidladi prezident.
Avvalroq Eron AQSh va uning ittifoqchilarini Tehronning javob zarbalarini to‘sishda Isroilga yordam bermaslik haqida ogohlantirgan edi.