Kirill Budanov bu haqda jurnalist Eynulla Fatullayevga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Menimcha, shunday bo‘ladi. Bu paradoksal vaziyat: tomonlarning boshlang‘ich pozisiyalari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lsa ham, bu yil biz o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga kelamiz. Bu qancha davom etadi va qanchalik samarali bo‘ladi — bu boshqa masala. Lekin bu sodir bo‘lishiga ishonaman. Buning uchun zaruriy shartlarning aksariyati mavjud", — deya fikr bildirdi Ukraina razvedkasi rahbari.
Shu bilan birga, Budanov bu uning shaxsiy fikri ekanligini ta’kidladi.