Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bitta niqobdan qayta-qayta foydalanish qanchalik zararli?

A A A
Bitta niqobdan qayta-qayta foydalanish qanchalik zararli?

Niqob yuz atrofidagi havo oqimiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa odamni zarralardan ko‘proq nafas olishga majbur qiladi. Shu bois ishlatilgan niqob mayda tomchilarni samarali filtrlay olmaydi. 

Ba’zilar yo‘qdan ko‘ra har qanday niqob yaxshi deb hisoblashadi. Ammo ishlatilgan himoya vositalari 2,5 mikrometrdan kichik zarralarga qarshi kurasha olmaydi.

🔸Mutaxassislarning xulosasi uch qavatli jarrohlik niqobini taqqan odamning kompyuter modeliga asoslangan. Simulyasiya natijasida havodagi mayda tomchilar yuz, yuqori nafas yo‘llari, tomoq yoki o‘pkaga qanday tushganligini ko‘rsatib berdi. 

Aniqlanishicha, ishlatilgan niqob havo oqimi tezligini sezilarli darajada pasaytirib, uning samaradorligini kamaytiradi.

Bu haqda «Physics of Fluids» jurnalidagi maqolada aytilgan.

Kiritildi: 16:06 23.12.2020. O'qildi: 1714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!