Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bitkoin narxi 112 ming dollardan oshib, yangi rekord o‘rnatdi

Bitkoin narxi 112 ming dollardan oshib, yangi rekord o‘rnatdi

Kapitallashuv Alphabet’ni ortda qoldirdi, «uyg‘ongan» hamyonlar yana bozorda.

2025 yil 9 iyul kuni bitkoin narxi tarixiy rekordga yetib, 112 ming dollardan oshib ketdi. «Binance» va «Coinbase» platformalarida qayd etilgan ushbu ko‘rsatkich kriptovalyuta bozoridagi eng yuqori narx sifatida qayd etildi.

Coinbase birjasida bitkoin narxi 112 152 dollarga yetdi, Binance’da esa 111 999 dollar bo‘ldi. Bu orqali bitkoin oldingi eng yuqori kurs ko‘rsatkichidan oshib, yangi bosqichga ko‘tarildi.

Bitkoinning bozordagi umumiy qiymati – kapitallashuvi 2,17 trln dollardan oshib, uni Alphabet (Google) kompaniyasi aksiyalari bilan bir qatordagi beshinchi eng yirik aktivga aylantirdi. Bu esa kriptovalyuta bozori nufuzining ortganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, bir necha hafta avval 14 yil davomida faol bo‘lmagan 2,18 milliard dollarlik “uyqudagi” bitkoinlar harakatga kelgani haqida xabar qilingan edi. Ushbu bitkoinlar saqlangan hamyonlar 2009 yildan beri hech qanday tranzaksiya qilmagan. Ularning avvalgi umumiy qiymati 7 800 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bugun har biri 1,1 milliard dollarga teng baholanmoqda. Bu 13 million foizdan ortiq o‘sishni anglatadi.

Muttaxassislar fikricha, ushbu yuksalish kriptobozorda yangi faollik to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin.

Kiritildi: 17:13 10.07.2025. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!