Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bishkekda «Qirg‘iziston – O‘zbekiston» biznes-forumi ochildi

A A A
Bishkekda «Qirg‘iziston – O‘zbekiston» biznes-forumi ochildi

Vazirlar Mahkamasi Raisi – Qirg‘iziston Prezidenti Administrasiyasi rahbari Oqilbek Japarov yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

U mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori darajada ekanini ta’kidladi.

«Mamlakatlarimiz keng qamrovli savdo-iqtisodiy hamkorlikka erishish uchun boy salohiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqchiman. Umid qilamanki, forum samarali bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi to‘laqonli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ishonchim komilki, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi yaqin kelajakda ikki davlatning savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi», — dedi Oqilbek Japarov.

Biznes-forum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida o‘tkazilmoqda. Forum doirasida 1,6 mlrd. dollarlik 10 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 11:23 26.01.2023. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!