Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Birjada suyultirilgan gaz narxi arzonlashda davom etmoqda

Birjada suyultirilgan gaz narxi arzonlashda davom etmoqda

8 noyabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra, suyultirilgan gazning narxi noyabr oyining boshlariga nisbatan 14%ga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 8 724 ming so‘mni tashkil etdi (bir litr uchun o‘rtacha 5 520 so‘m).

Bu, o‘z navbatida, birjada suyultirilgan gaz narxi sentyabr oyida qayd etilgan o‘rtacha narx ( bir tonnasi uchun 8 800 ming so‘m)dan ham past darajaga tushganligini anglatadi.

So‘ngi kunlarda birjaga qo‘yilayotgan suyultirilgan gazning hajmi ham oshib bormoqda. Xususan, oktyabr oyida birja savdolariga bir kunda o‘rtacha 1 500 tonna suyultirilgan gaz qo‘yilgan bo‘lsa, noyabr oyining o‘tgan davrida ushbu ko‘rsatkich 2 000 tonnagacha yetmoqda, ya’ni o‘rtacha 25%ga o‘sgan.

Shu bilan birga, birja savdolariga qo‘yilayotgan AI-80 markali avtomobil benzin hajmini ortishi ham kutilmoqda.

Kiritildi: 14:49 08.11.2024. O'qildi: 1694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!