Bir qator mamlakatlarda Google va Google Drive foydalanuvchilari xizmatlarning ishlashida xatolikka duch kelishdi.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, uzilishlar Toshkent vaqti bilan taxminan 20:01 da boshlangan. Eng ko‘p nosozliklar AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ispaniyada qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, Google foydalanuvchilarining 70 foizga yaqini o‘zlarining akkauntlariga, 29 foizi qidiruvga kirishda muammolardan shikoyat qilmoqda.
Bundan tashqari, Google Drive foydalanuvchilarining 90 foizi dastur bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berishdi, 8 foizdi fayllarni sinxronlash haqida shikoyat qildilar va 1 foizdan kamrog‘i tizimga kirish bilan bog‘liq muammolar haqida shikoyat qiladilar.