Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bir qancha davlatlar Rossiya oltinini import qilishni to‘xtatyapti

Bir qancha davlatlar Rossiya oltinini import qilishni to‘xtatyapti

Britaniyaning Independent gazetasi Dauning-strit ma’lumotlariga tayanib shu haqda xabar berdi.

"Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Yaponiya Rossiya oltini importiga taqiq qo‘yadi", — deb yozmoqda mazkur nashr.

G‘arb mamlakatlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan “Ettilik” sammiti arafasida navbatdagi sanksiya ro‘yxatini kelishib olishdi. Xabarda ta’kidlanishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kelgusida shundan embargo joriy qilinishini tasdiqlagan.
AQSh davlat departamenti rahbari Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, G7 mamlakatlari Rossiya oltinini import qilishni to‘xtatsa, Moskva bir yilda taxminan 19 milliard dollardan mahrum bo‘ladi va bu mamlakatga katta daromad keltirayotgan oltin eksportiga qattiq zarba bo‘ladi.

"Taxminan 19 milliard dollarlik daromaddan mahrum bo‘ladi - bu sezilarli ravishda ko‘pdir", - qo‘shimcha qildi Blinken.

Kiritildi: 21:40 26.06.2022. O'qildi: 4221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!