Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. va boshqalar Chilonzor tumani, “Besh chinor” MFY hududida jami 826 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 28,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament hamda DXXning Xo‘jaobod tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.K. “Yangi-Farg‘ona” MFY hududidagi “Do‘stlik” nazorat postida 560 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganlini aniqlanib, ashyoviy dalil sifati olingan.
Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.I. Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasida jami 182 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.S.ga 100 AQSh dollari va 2,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning avtomobili va yashash xonadonidan 364 dona “Regapen” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifati olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.