Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bir necha daqiqa ilgari Isroil Bayrutning butun bir kvartalini vayron qildi

Bir necha daqiqa ilgari Isroil Bayrutning butun bir kvartalini vayron qildi

AQSh tomonidan etkazib berilgan bunkerlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan og‘ir tipdagi bombalar Bayrutdagi butun bir kvartalni yer bilan bitta qildi. Yuzlab tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan Isroil hujumi natijasida dahshatli vayronagarchiliklar paydo bo‘lgan.

Livan rasmiylari yong‘inlar va yuzaga kelgan og‘ir sharoit tufayli Bayrutdagi vayronalar ostida qolgan jabrlanuvchilarga hozircha yetib bora olmayotganliklarini aytishdi.

"Sky News Arabic" va Saudiyaning "Al Hadath" telekanali Eronning Tasnim News nashri bilan birgalikda bu hujum Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohni yo‘q qilishga qaratilgani, shunga qaramay u xavfsiz joyda ekanligi haqida xabar berdi.

Tez orada Hizbullohning rasmiy bayonoti kutilmoqda.

Kiritildi: 23:50 27.09.2024. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!