Namangan viloyati Kosonsoy tumanida haydovchi 9 o‘rinli mashinaga 30 nafardan oshiq bolani mindirib harakatlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kosonsoy tumanida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan Hyundai Starex rusumli transport vositasini to‘xtatib, avtomobilni tekshirganda. Mashinada bog‘cha bolalari borligi aniqlangan.
Bolalar avtomobildan tushirilib, sanab ko‘rilganda ularning soni 30 nafardan ham oshiqligi ma’lum bo‘ladi. Haydovchining hujjatlari tekshirilganda unda tegishli hujjatlar yo‘qligi aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.