Braziliyada o‘tgan sutkada koronavirusni yuqtirgan 33 274 nafar yangi bemor aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Uch kundirki, Braziliyada virusni yuqtirish bo‘yicha «kunlik rekordlar» yangilanyapti: payshanba kuni — 26 417 ta holat, juma kuni — 26 928 ta holat.
Eng so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda koronavirus kasalligiga chalinganlar jami soni 499 966 nafarga yetdi — salkam yarim million nafar.
Sutka davomida vafot etganlar soni ham ko‘payib 956 nafarni tashkil etib, pandemiya boshlanganidan beri 28 849 nafarga yetdi. Tuzalib ketganlar — 200 ming nafar.
Braziliya koronavirusni yuqtirish holatlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi, birinchi o‘rinda — AQSH.