Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Bir kun ichida G‘azoda 100 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Bir kun ichida G‘azoda 100 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Isroilning so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida kamida 98 kishi halok bo‘ldi.

Bunday ma’lumotlarni Qatarning "Al Jazeera" telekanali anklav Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xarab bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida yana 300 kishi jarohat olgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 18 martdan, ya’ni Isroil bu sektorda jangovar harakatlarni qayta boshlaganidan beri 3427 kishi halok bo‘lgan, 9647 kishi jarohatlangan. 2023 yil oktyabr oyida Falastin-Isroil mojarosi avj olgandan beri qurbonlar soni 53 573 kishiga yetdi, 121 688 kishi jarohat oldi.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida harbiy amaliyotlarni qaytadan boshlab, anklavga katta zarbalar bergan edi.

Kiritildi: 08:58 21.05.2025. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!