Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Biometrik pasport o‘rniga ID-karta beriladi

A A A
Biometrik pasport o‘rniga ID-karta beriladi

«Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti o‘rniga identifikasiyalash ID-kartalarini berish tizimini joriy etiladi.

Bunda:

- shunga o‘xshash tizimlarning joriy etilishi va uning elektron hukumat tizimlariga integrasiyasi bo‘yicha xorijiy tajribani hisobga olgan holda, loyihaoldi o‘rganishni o‘tkazish;

- loyihani amalga oshirishni boshlash maqsadida texnik-loyiha va me’yoriy hujjatlarni, jumladan standartlarni tayyorlash;

- davlat organlarining texnologik infratuzilmasini, jumladan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, apparat-dasturiy ta’minot tizimlari va boshqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

- loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;

- yangi tug‘ilgan barcha shaxslarga va 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSh SHIR) biriktirish, barcha jismoniy shaxslarga elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlari ko‘rsatish va ularni identifikasiya qilish uchun farzandlarni ota-ona ma’lumotlari bilan bog‘lash nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar — Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi.

Kiritildi: 10:40 13.02.2020. O'qildi: 3241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!