Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bill Geyts Xarrisning kampaniyasiga 50 mln dollar xayriya qildi

Bill Geyts Xarrisning kampaniyasiga 50 mln dollar xayriya qildi

Microsoft korporasiyasi asoschisi, milliarder Bill Geyts AQSh vise-prezidenti va Demokratik partiyadan mamlakat prezidentligiga nomzod Kamola Xarrisning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotga 50 million dollar xayriya qildi. Bu haqda New York Times yozdi.

Nashrga ko‘ra, Geyts o‘z xayriyasini Kamola Xarrisni qo‘llab-quvvatlaydigan nodavlat tashkilotning Future Forward bo‘limiga yo‘naltirgan va bu aslida yashirin bo‘lib qolishi kerak bo‘lgan.

“Yaqinda Bill Geyts vise-prezident Kamala Xarrisning prezidentlik kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi notijorat tashkilotiga taxminan 50 million dollarni yashirin xayriya qildi”, – dedi masaladan xabardor uchta manba.

Geytsning pozisiyasiga yaqin manbaga ko‘ra, garchi u har qanday nomzod bilan ishlashga tayyor ekanini bildirgan bo‘lsa-da, u bu yil do‘stlari va boshqa shaxslar bilan suhbatlar chog‘ida respublikachilar nomzodi Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati ehtimolidan tashvishda ekanini bildirgan.

Geytsning xayriya fondiga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, Trampning qayta saylanishi holatida oilani rejalashtirish va global sog‘liqni saqlash dasturlari qisqarishi ehtimoli fondni jiddiy tashvishga solmoqda.

Qayd etilishicha, Geytsning mablag‘i 501(c)(4) turidagi tashkilot bo‘lgan Future Forward USA Action’ga yo‘naltirilgani sababli xayriya egasi ismlari oshkor qilinmaydi.

AQShda prezidentlik saylovlari joriy yilning 5 noyabrida bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiya nomidan Kamola Xarris, respublikachilar nomidan esa sobiq prezident Donald Tramp prezidentlik uchun kurashadi.

Avvalroq Ilon Mask Trampni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasiga kamida 75 million dollar ajratgani haqida yozgan edik.

Kiritildi: 22:45 23.10.2024. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!