Microsoft asoschisi Bill Geyts boyligining asosiy qismini keyingi 20 yil ichida Afrikada sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlarini yaxshilashga sarflamoqchi, deya xabar bermoqda BBC.
Milliarder Efiopiya poytaxti Addis Abebada nutq so‘zladi. U Afrikaning yosh innovatorlariga qit’ada sog‘liqni saqlashni yaxshilash uchun sun’iy intellekt (SI)ni ishga solish taklifini bergan.
Geyts jamg‘armasining ta’kidlashicha, Afrika bo‘yicha 3 ta ustuvor vazifa belgilab olingan:
May oyida Geyts boyligining 99 foizini xayriya qilishini e’lon qilgandi. Uning boyligi 2045 yilga kelib 200 milliard dollarga yetishi prognoz qilingan. Forbes reytingiga ko‘ra, uning boyligi 2025 yilda 115,1 milliard dollarni tashkil etadi.