Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bild nashri: "Zelenskiy Oq uydagi "ishkal"dan keyin Trampni tanqid qilishdan qochadi"

Bild nashri: "Zelenskiy Oq uydagi "ishkal"dan keyin Trampni tanqid qilishdan qochadi"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyning Oval kabinetida tortishib qolganidan keyin tanqid qilishdan qochadi. Bu haqda Zelenskiy bilan suhbatlashgan Bild jurnalisti Paul Ronsxaymer aytib o‘tdi.

Uning fikricha, Ukraina prezidenti Trampga oid savollarga javob berishdan oldin ko‘pincha uzoq o‘ylaydi. Bild nashriga bergan intervyusida Zelenskiy "Tramp o‘z taktikasini tanlaganini" ta’kidladi va buni qoralamoqchi emas. 28 fevral kuni Oq uyda janjal yuz berdi. Tramp Zelenskiyni hurmatsizlikda va harbiy va iqtisodiy yordam uchun minnatdorchilik bildirmaslikda aybladi, shuningdek, Ukraina rahbarini o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi.

AQSh prezidentining aytishicha, Vashingtonsiz Kiyevning "kuchli kartalari yo‘q". Natijada Ukraina delegasiyasidan Oq uyni tark etish so‘ralgan, nodir yer metallari bo‘yicha kelishuv bekor qilingan. Keyinroq Zelenskiy Oq uyda sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanini bildirdi va AQSh bilan munosabatlarni, jumladan, tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini topishda hamkorlik orqali yaxshilash istagini bildirdi.

Kiritildi: 09:50 12.06.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!