Taxminlarga ko‘ra hujumni “Islomiy davlat” tarafdori bo‘lgan liviyalik shaxs rejalashtirgan. U Berlindagi Isroil diplomatik missiyasiga hujum qilmoqchi bo‘lgan, nemis huquq-tartibot idoralari razvedka xizmatidan terakt tayyorlanayotgani haqida ma’lumot olgan. Gumonlanuvchi Germaniyaga 2022 yilning noyabr oyida kelgan, lekin uning boshpana so‘rovi 2023 yilda rad etilgan. Xabarda qayd etilishicha, Liviyaga deportasiya qilinishi kerak bo‘lgan bu shaxs hozirgacha Germaniyaning Bernau shahrida yashab kelgan.