Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Bild: Germaniya Boltiq dengizi ustida Rossiyaning Il-20M samolyoti qayd etilgani tufayli qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan

Bild: Germaniya Boltiq dengizi ustida Rossiyaning Il-20M samolyoti qayd etilgani tufayli qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan

Nashrning xabar berishicha, Kaliningraddan uchgan samolyot transponderlarini o‘chirib, aloqaga chiqmagan holda harakat qilgan. Germaniyaning ikkita Eurofighter qiruvchi samolyoti mamlakat qirg‘oqlaridan 100 kilometr masofada Rossiya samolyoti bilan vizual aloqa o‘rnatgan va uchuvchilar rus samolyotini suratga olgan.

Il-20M G‘arb tomon parvozini davom ettirib, Uzedom orolidan 40 kilometr masofada Germaniya havo hududini buzmagan holda yo‘nalishini shimolga o‘zgartirgan va uzoqlashgan.

Bild manbalariga ko‘ra, bu NATO qiruvchilarining Rossiya samolyotlari yaqinlashgani tufayli bir yil ichida to‘qqizinchi marta havoga ko‘tarilish holati hisoblanadi.

Kiritildi: 20:18 28.06.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!