— Farzandim tanishi bilan kafega borib ovqatlanib, u yerda boshqa xo‘randa bilan janjallashib, urishgan. Uni urganligi uchun o‘g‘limga bezorilik jinoyati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat bo‘yicha qanday javobgarlik belgilangan?
Ismi sir tutildi
Farhod Abdushukurov, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi:
— Jinoyat qonunchiligimizda bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan malakalanadi.
Shunda, shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari jazolarning sud jazo tayinlashi mumkun.
Biroq, mazkur moddaning 2-3 qismlari mavjud bulib tergov organing xolatdan kelib chiqib malakalashi va sud tergovida o‘z tasdig‘ini topganidagina jazo sanksiya qismi boshqa bo‘lishini unutmasligimiz kerak.