Rossiyalik olimlar Bexterev kasalligini davolash uchun dori ishlab chiqishdi. U autoimmun kasalliklarni davolash uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Bexterev kasalligi yoki ankilozlovchi spondilit – bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining surunkali yallig‘lanish kasalligi. U umurtqalarning birlashishiga olib keladi.
“Dori vositasi Bexterev kasalligini davolash uchun mo‘ljallangan va monoklonal antitanacha bo‘lib, u immunitet tizimi hujayralarining kichik qismini tanlab yo‘q qilishga imkon beradi, ular orasida tananing o‘z hujayralariga hujum qiladigan va autoimmun patologiya rivojlanishini aniqlaydigan hujayralar mavjud, deyiladi bayonotda.
Dori vositasi N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti olimlarining asl ishlanmalari asosida yaratilgan. Klinik sinovlar dori vositasini qo‘llash kasallikning rivojlanishini to‘xtatishga va immun tizimining faolligini pasaytiradigan standart terapiyadan voz kechishga imkon berdi.
Tajribalar va klinik tadqiqotlarda taklif qilingan hamda tasdiqlangan gipoteza istiqbolda autoimmun kasalliklarni, masalan, qandli diabetning birinchi turini davolaydigan dorilarni ishlab chiqishda keng imkoniyatlar yaratadi, deb xabar beradi tass.ru.