Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bessent: Trampga RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun kerak emas

Bessent: Trampga RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun kerak emas

AQSh ma’muriyati Rossiyaga qarshi yakka tartibdagi sanksiyalarni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini zarur deb hisoblamaydi. Chunki prezident Donald Tramp bu borada yetarli vakolatlarga ega.

Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Jahon iqtisodiy forumi doirasida Davosda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Tramp 1977 yilda qabul qilingan IEEPA — Favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun asosida mustaqil ravishda sanksiyalar joriy etishi mumkin. Shu bilan birga, Senat prezidentga qo‘shimcha vakolatlar berishni istamoqda.

Bessent qonun loyihasining qabul qilinishi aniq emasligini ham qayd etdi: «Bu tasdiqlanadimi-yo‘qmi, hali ko‘ramiz».

Kiritildi: 20:22 20.01.2026. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!