Shu yilning 16 iyul kuni Beruniy tumanida "Damas" rusumli avtomashina yo‘l transport hodisasiga uchradi. "Damas"ning ichida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bo‘lgan.
Bu haqda Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisasi oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda bolalarning umumiy ahvoli yaxshi. Avtomashina ichida bo‘lgan barcha bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularda tan jarohatlari aniqlanmagach, uylariga ruxsat berildi.
Holat bo‘yicha tegishli mas’ullarga xizmat tekshiruvi va sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.