Bu haqda Bild nashri xabar berdi .
“Polisiyaga qutilar va boshqa buyumlar otildi, qizil bo‘yoqlar sepildi, ularga shisha va toshlar uloqtirildi”, deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, namoyishchilar uni olomon orasiga olib borib, oyoq osti qilganda polisiyachilardan biri jiddiy jarohat olgan. Yana bir huquq-tartibot xodimining qo‘li singanligi aniqlangan.
Namoyishda jami 1100 ga yaqin odam qatnashdi. 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.