Berlindagi Lixtenberg temir yo‘l vokzali o‘rab olingan va shubhali narsa topilgani sababli poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.
Bu haqda Fosus nashri ma’lum qildi.
"Lixtenberg temir yo‘l vokzali davom etayotgan operasiya tufayli o‘rab olingan. Hozirda poyezdlar harakati to‘xtatilgan", — deb xabar berdi Berlin Federal polisiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida.
Polisiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Uning yonida simlar chiqib turgan shubhali narsa bor edi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu portlovchi qurilma bo‘lganini inkor etib bo‘lmaydi.