Germaniya polisiyasi Berlindagi Falastin tarafdorlari namoyishi chog‘ida 111 kishini vaqtincha hibsga oldi.
Namoyish shanba kuni Kurfürstendamm bulvari yaqinida bo‘lib o‘tdi. Hibsga olinganlar orasida 54 nafar ayol va 57 nafar erkak bor. Xususan, badanga shikast yetkazish, millatlararo adovatni qo‘zg‘atish, terrorchilik tashkilotlari ramzlarini ko‘rsatish, jamoat tartibini buzish kabi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib, 21 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishda 500 ga yaqin odam qatnashgan.