Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

“Berkinmachoq" o‘ynab yurgan alimentchi ushlandi

“Berkinmachoq" o‘ynab yurgan alimentchi ushlandi

Aliment farzandlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilar ekan, undan bo‘yin tovlab kelib, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni har qanday sharoitda ham qidirish hamda tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Majburiy ijro byurosining Urgut tumani bo‘limida yuritilgan ijro ishi yuzasidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor F.N.dan undiruvchi L.R. foydasiga farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor ota uzoq vaqtdan beri aliment to‘lovlarini amalga oshirmaganligi sababli qarzi 60 million so‘mga yetgan.

Bundan tashqari, u noma’lum joyda yashirinib yurgan. Shu munosabat bilan, boshqarma qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan unga nisbatan qidiruv choralari ko‘rilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi shaxs yashash o‘z xonadonining shkaf ichida ekanligi aniqlangan. Shundan so‘ng, fuqaro keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun u davlat ijrochisiga topshirilgan.

Kiritildi: 16:07 30.09.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!