Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Bepushtlikni davolashda ro‘zaning foydalari

A A A
Bepushtlikni davolashda ro‘zaning foydalari

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayollarda prolaktin garmoni ortib ketishi tufayli kelib chiqadigan bepushtlikni davolashda ro‘zaning o‘rni beqiyos. Chunki ayol ro‘za tutganda mazkur garmon me’yoriga kelib, undagi tabiiy holat tiklanadi va bepushtlik yo‘qoladi.

Ulamolar va tibbiyot mutaxasislari birgalikda ilmiy tadqiqot olib borib, ro‘za yigitlarning jinsiy rag‘batiga ta’sirini o‘rganib, u ikki bosqichda o‘tishini aniqlashdi:

Birinchisi, erkak kishi ro‘za tutgan kunlari va undan keyin qisqa muddat (uch kun) davomida jinsiy rag‘bati susayadi. Bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylanishga imkoni yo‘q bo‘lib, shahvatini tiya olmaydigan yigitlarga aytgan hadislarida ta’kidlaganlar. Hadisi sharifda: “Ey yigitlar jamoasi, sizlardan kim nikohga qodir bo‘lsa, u uylansin. Albatta, u (uylanish) ko‘zni tiyuvchiroq va farjni saqlovchiroqdir. Uylanishga ham imkoni bo‘lmasa, ro‘za tutsin. Ro‘za uning uchun bichilishdir”deyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Demak, ro‘za tutish kishining shahvatini boshqarib, jinsiy maylini tartibga keltiradi.

Ikkinchisi, bir necha kun ro‘za tutgandan keyin erkak kishining jinsiy quvvati ro‘zani boshlashidan avvalgi holatiga qaraganda bir necha barobar ortadi. Ramazon ro‘zasini tutish asnosida, insonning immunitet tizimi kuchayadi, bo‘g‘imlarda uchraydigan yallig‘lanishlar tuzaladi, oshqozon yarasini hosil qiluvchi ortiqcha kislotalar yig‘ilishi bartaraf bo‘ladi.

Davron NURMUHAMMAD

Manba: O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy veb-sayti.

Kiritildi: 10:36 03.04.2022. O'qildi: 3095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!