Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Bepul namoyishlar, ko‘rgazmalar va televizion premyeralar – "O‘zbekkino" 8 mart munosabati bilan aksiya e’lon qiladi

A A A
Bepul namoyishlar, ko‘rgazmalar va televizion premyeralar – "O‘zbekkino" 8 mart munosabati bilan aksiya e’lon qiladi

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "O‘zbekkino" Milliy agentligi bir qator premyera va bepul namoyishlarni rejalashtirgan. Xususan, O‘zbekiston va Tatariston kinoijodkorlari hamkorligida Rashid Malikov va Ilfat Kamaleev tomonidan suratga olingan "Sumbul" filmi 6 mart kunidan boshlab katta ekranlarda namoyish etiladi. Filmni 7-9 mart kunlari kinoteatrlarda yurtimiz xotin-qizlari bepul tomosha qilishlari mumkin.

8 mart kuni rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan "Rangsiz tushlar" filmining yurtimiz telekanallarida milliy televizion premyerasini o‘tkaziladi. Film bir qator nufuzli xalqaro kinofestivallarda ishtirok etgan. Bangladeshda o‘tkazilgan festivalda "Eng yaxshi ssenariy" nominasiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.

Shuningdek, bayram kunlari so‘nggi 10 yillikda “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan 10dan ortiq filmlarning televizion namoyishi ham bo‘ladi. Ular qatoridan “Parizod”, “Kechikkan hayot”, “Opa”, “Sarvqomat dilbarim”, “Issiq non”, “Said bilan Saida”,  “Tengiz” kabi badiiy filmlar va “Oksana Chusovitina”, “Lola Murodova” kabi hujjatli filmlar ham o‘rin olgan.
 
Bundan tashqari,  Rossiya davlat film fondidan noyob negativlari qaytarilgan "Kelinlar qo‘zg‘oloni" filmining ham ilk televizion namoyishi bo‘lib o‘tadi.

 5-11 mart kunlari esa Agentlik bilan hamkorlikda Yoshlar ijod saroyida taniqli o‘zbek rassomi, akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Baxtiyor Nazarovning ayollarga bag‘ishlangan "Ayol madhiyasi"  nomli ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 13:17 05.03.2021. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!