Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Benzin uchun oylik pul kompensasiyasi miqdori oshirildi

Benzin uchun oylik pul kompensasiyasi miqdori oshirildi

Ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi sifatida to‘lanadigan oylik pul kompensasiyasi miqdori qayta ko‘rib chiqildi. Idoralararo tarif komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2026 yilning I choragidan boshlab kompensasiya 208 760 so‘m etib belgilanadi.

Qonunchilikka muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi oylik pul kompensasiyasi shaklida to‘lab beriladi.

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining qarori bilan mazkur kompensasiyaning yangi miqdori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar 130 600 so‘m bo‘lib kelgan oylik kompensasiya 2026 yil I choragidan boshlab 208 760 so‘mni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 14:22. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!