- Avtomobil benzini uchun kompensasiya kimlarga beriladi va uni olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva bu borada muhim ma’lumotlarni keltirdi:
Quyidagi shaxslar kompensasiya olish huquqiga ega:
- urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;
- I va II guruh bolalikdan nogironlar.
2019 yil 15 avgustdan kompensasiya miqdori — 75 000 so‘m.
Kompensasiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga murojaat qilish va quyidagi hujjatlar taqdim etish kerak bo‘ladi:
- ariza;
- pasport nusxasi;
- imtiyozga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);
- tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib bo‘lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);
- avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;
- haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.