Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Benzema Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini yo‘qotmagan

Benzema Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini yo‘qotmagan

Madridning “Real” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema hali ham JCH-2022da ishtirok etishi mumkin, deya xabar beradi Onda Madrid.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Oltin to‘p” sohibi mashg‘ulotlarda olgan jarohati sabab Fransiya terma jamoasini tark etgan edi. Uning ushbu turnirda ishtirok etmasligi ma’lum qilingandi. Manbaga ko‘ra, Benzemaning tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq ketmoqda. Shu haftaning o‘rtalariga kelib hujumchi mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin bo‘ladi. Benzema Fransiya terma jamoasining JCH-2022 terma jamoasidan rasman chetlashtirilmagani uchun u nazariy jihatdan Qatarga qaytib, turnirda ishtirok etishi mumkin. Benzemaning ehtimoliy qaytishi haqidagi qarorni Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham qabul qiladi.

Avvalroq Fransiya terma jamoasi JCH-2022da g‘olib chiqsa, Benzema ham medal olishi ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 20:37 28.11.2022. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!